Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish bugun, 20 iyun kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda 2023/2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

2023/2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, abituriyentlarni ro‘yxatga olish har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturient ro'yxatga olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing