Abituriyentlardan test sinovi olinadigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
  • hududga kirish joylari;
  • test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
  • bino raqami;
  • test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Bundan tashqari, “Abituriyent ruxsatnomasi”da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha mezonlar tasdiqlangandi. Shuningdek, 2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari qachon boshlanishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturient t​​​​​​est sinovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made