Abituriyentlar o‘z natijasini qanday bilishi mumkin?

Jamiyat

image

Bugun, 25 sentyabr kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarigk kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari e’lon qilindi. Bu yil 1,5 millionga yaqin odam OTM kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Abituriyentlar o‘z natijasini qanday bilishi mumkin? Kirish imtihonlari natijasini 3 usulda bilish mumkin:

Abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda ham javoblarni bilish mumkin. ID-kod abituriyent ruxsatnomasining eng tepasida joylashgan 7 xonali raqamdir. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi. Bu usulda xizmat haqi to‘lash kerak bo‘ladi. 

Abituriyentlar o‘zi hujjat topshirgan OTMlarga borgan holda ham qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin.

Avvalroq, DTM bu yil OTMga kirishning o‘rtacha ballarini e’lon qilgandi. 

Tanlov natijalariga ko‘ra: 

•    davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

•    to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110, 6 ballni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient DTM

Baholaganlar

734

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing