Abituriyentlar qanday holatlarda imtihondan chetlashtiriladi?

Bu qiziq

image

Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlarda belgilangan qoidalarga tayangan holda, kuniga ikki smenada o‘tkazib kelinmoqda.

Test sinovlari vaqtida tartibni saqlash va tekshiruvlarga mas’ul bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi abituriyentlar qanday holatlarda imtihondan chetlashtirilishi haqida ma’lumot berdi.

“Test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlarga nazorat-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Abituriyentlarni nazoratdan o‘tkazish punktlarida tekshirish jarayonida ularning yonlaridan test paytida olib kirish mumkin bo‘lmagan buyum, predmetlarni olib o‘tishga urinish holatlari qayd etildi”, deya ta’kidlagan IIV.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 aprel kunidagi 261-sonli qarorining 1-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda test topshirish tartib-qoidalari belgilab qo‘yilgan. 

Jumladan, 52-bandda ko‘rsatilishicha, qator holatlarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi. Xususan, test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa yuqorida ta’kidlab o‘tilgan choralar ko‘riladi.

Test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, ularni binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa ham test sinovidan chetlashtiriladi. Shuningdek, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, mazkur jarayonda videokuzatuv orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, uning natijalari chiqarib berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing