Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMlarni tanlagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022-2023 o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar eng ko‘p O‘zbekiston milliy universitetini tanlagan. Bu haqda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha jami 84 ta davlat oliy ta’lim muassasasi hamda ularning hududlardagi 30 ta filial va fakultetlariga 1 146 744 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

1. O‘zbekiston milliy universiteti – 41 577 nafar.
2. Toshkent davlat pedagogika universiteti – 40 523 nafar.
3. Namangan davlat universiteti – 37 267 nafar.
4. Urganch davlat universiteti – 37 091 nafar.
5. Jizzax davlat pedagogika instituti – 35 706 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1. Qashqadaryo viloyati – 133 987 nafar.
2. Samarqand viloyati – 125 717 nafar.
3. Toshkent viloyati – 107 923 nafar.
4. Farg‘ona viloyati – 104 201 nafar.
5. Surxondaryo viloyati – 101 417 nafar.

Shuningdek, joriy yilda ilk bor 12 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 867 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirgan. Shuningdek, 585 669 nafar abituriyent kunduzgi, 25 369 nafari kechki, 528 839 nafari sirtqi ta’lim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

2672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing