Abituriyentlar cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida abituriyentlarga cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

Bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.

“Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi. Bu o‘zgarish ham abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi”, deydi Majid Karimov.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida abituriyentlarga fanlar majmuasi mos keladigan 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyati berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing