Abituriyent test javobini qancha kutadi?

Jamiyat

Bu yil oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun test topshirgan abituriyentlar o‘z ballarini imtihonning ertasiga bilishi mumkin. Ammo o‘qishga qabul qilinganini imtihonlar tugaganidan bir hafta o‘tib bilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

“Ikkita fandan test topshiriladi. Maksimal ball 189 bo‘ladi. Bundan tashqari, abiturinet test natijalarini test topshirgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Buning uchun Davlat test markaziniing rasmiy veb saytiga kirib, o‘zining javob varaqasining raqami orqali bilib oladi. Lekin abituriyent OTMga tavsiya etildimi, etilmadimi degan ma’lumotni abituriyent oxirgi testdan keyin bir hafta ichida olishi mumkin bo‘ladi, deydi Majid Karimov.

Abituriyent uchta oliy ta’lim muassasasida tanlovda ishtirok etishi mumkin. Ammo bu ixtiyoriy bo‘lib, xohlovchilar uchta joyda tanlovda ishtirok etadi.

“Test sinovi natijalari chiqqanidan keyin abituriyent tomonidan ballarga e’tirozlar bo‘lishi mumkin. Bu yil ham test bo‘yicha apellyatsiya jarayoni o‘tkaziladi. Apellyatsiya bo‘yicha arizalarni 21-31 avgust oralig‘ida qabul qilish rejalashtirilgan. 10 kun davomida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda ariza berish mumkin”, deydi DTM rahbari.

Apellyatsiya komissiyasi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va 31 avgustga faoliyat yuritadi. Abituriyent apellyatsiya komissiyasi ishida shaxsan qatnashishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing