Abdusattorovga Rustam Qosimjonov ustozlik qilmoqda
Sport
−
23 yanvar 2023
11988Shaxmat bo‘yicha 2004 yilgi jahon chempioni, o‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov ayni vaqtda Niderlandiyada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda g‘oliblik uchun kurashayotgan Nodirbek Abdusattorovga murabbiylik qilmoqda. Bu haqda Abdusattorov Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Nodirbek Abdusattorov ayni paytda o‘zbek shaxmati afsonalaridan biri Rustam Qosimjonov bilan birga ishlamoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rustam Qosimjonov 1997 yilda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan. U “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2023” musobaqasining ortda qolgan sakkiz turidan so‘ng, Abdusattorov 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.