Abdusattorov yana Karlsenga qarshi dona surdi

Sport

image

Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” turniri chorak finalida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib, durang qayd etdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Ushbu shaxmatchilarning ilk bahsida Karlsenning qo‘li baland kelgan edi, shuning uchun ikkinchi o‘yindagi bahsda durang natija ham norvegiyalik shaxmatchi uchun yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Endi Abdusattorov musobaqaning beshinchi o‘rni uchun kurashda Maksim Vshe-Lagravga qarshi dona suradi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqaning sovrin jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil etadi. Agar Abdusattorov beshinchi o‘rin uchun bahsda Lagravni mag‘lub etadigan bo‘lsa, 50 ming dollar mukofotga ega chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing