Abdusattorov shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da berdi
Sport
−
03 yanvar 2022
5510Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilayotgan taqdirlash marosimidan xabar berdi.
“Bugun men uchun muhim kun. Chunki Jahon chempionligini qo‘lga kiritganim tufayli shunday e’tibor qaratilmoqda. Shu sabab barchaga tashakkur aytaman. Birinchi navbatda prezidentimizga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bundan biz shaxmatchilar juda xursandmiz. Butun xalqimizni ishontirib aytamanki, bu g‘alabalar endigina boshlanishi va ular bardavom bo‘ladi. Kelgusida shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelamiz”, deydi Abdusattorov.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov Polsha poytati Varshavada o‘tkazilgan jahon chempionatida tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.