Abdusattorov nufuzli turnirda yetakchilar safida bormoqda

Sport

image

Kecha, 7 aprel sanasida Parijda shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam” turniri start oldi. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida shaxmatchilar 6 tadan o‘yin o‘tkazdi. Nodirbek Abdusattorov 6 imkoniyatdan 5 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallab turibdi. Norvegiyalik Magnus Karlsen ham shuncha ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 

Bugun, 8 aprel kuni yana 5 ta o‘yin o‘tkaziladi. 11 ta turda kuchli sakkiztalikdan o‘rin olgan shaxmatchilar chorak finalga yo‘l oladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu turnirning 7-tur o‘yinlari Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Freestyle Chess Grand Slam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing