Abdusattorov nufuzli turnir chempionligi uchun katta qadam tashladi
Sport
−
20 dekabr 2022 4587 1 daqiqa
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Bahslarning uchinchi kunida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov asosiy ta’qibchisi ozarbayjonlik Rauf Mamedovga qarshi dona surdi.
Qiyin kechgan partiya yakunida Abdusattorov mezbonlar vakilini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligi uchun katta qadam tashladi. Mamedovgacha Nodirbek AQSH vakili Sem Sheklendni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ma’lumot uchun, xalqaro turnirda jahonning 10 nafar shaxmatchilari ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, Abdusattorov ortda qolgan turlardan so‘ng hali biror marta mag‘lubiyatga uchramadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust