Abdusattorov kumush, Sindorov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni o‘tib bormoqda. Bugun, 27 sentyabr kuni shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham delegatsiya hisobiga ikkita medal qo‘shdi. 

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan kumush, Javohir Sindorov esa 6.5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda esa O‘zbekiston vakili Umida Omonova mo‘g‘ulistonlik Nguyen Pxanga yutqazib, kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Nilufar Yoqubbayeva musobaqani 22-o‘rinda yakunladi.

Shuningdek, dzyudo bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda o‘zbekistonlik sportchilar kumush medalga ega chiqdi. Finalda mazkur sport vatani Yaponiya bilan bahs olib borgan jamoa imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarini ikkinchi o‘rinda yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Xanchjou Umida Omonova Nilufar Yoqubbaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing