Abdusattorov xalqaro turnirning grand finalida g‘alaba qozondi
Sport
−
27 may 2023 6039 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov xalqaro “ChessKid” onlayn turnirida g‘olib bo‘ldi.
Abdusattorov grand finalda amerikalik mashhur grossmeyster Fabiano Karuanani 2,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Abdusattorov xalqaro “ChessKid” onlayn turnirda g‘olib chiqqani uchun 30 ming dollar bilan taqdirlanadi.
Nodirbek turnirning yarim finalida ham Karuana bilan to‘qnashgandi. O‘shanda ham o‘zbekistonlik shaxmatchi 2,5:1,5 hisobida raqibidan ustun kelgan. Shuningdek Abdusattorov musobaqa davomida fransiyalik Jyul Mussar, niderlandiyalik Yorden van Forestlarni ham mag‘lub etdi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr