Abdusattorov xalqaro turnirdagi yurishini boshladi

Sport

image

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess India 2022” xalqaro turniri start oldi. O‘zbekiston vakili, rapid bo‘yicha amaldagi Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ishtirokini boshladi.

Bugun, 29 noyabr kuni turnirda 3 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Dastlabki o‘yinda Abdusattorov mezbonlar shaxmatchisi Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi. 2-turda Nodirbek yana bir mezbon sportchi Sarin Nihalga qarshi dona surib, yakunda durangga imzo chekdi. Kun doirasidagi so‘nggi partiyasida o‘zbekistonlik shaxmatchi amerikalik Xikaru Nakamuradan ustun keldi. 

3 ta turdan so‘ng Abdusattorov 1,5 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi.

Ma’lumot uchun, xalqaro turnir 4 dekabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat NodirbekAbdusattorov

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing