Abdusattorov xalqaro turnirda yetakchilar safida bormoqda

Sport

image

Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha xalqaro “Tata Steel Chess-2024” turniri o‘tkazilmoqda. Bahslarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham musobaqa g‘olibligi uchun bahs olib bormoqda.

Kecha, 23 yanvar kuni Nodirbek 9-turda mezbon shaxmatchi Yorden Van Forest ustidan g‘alaba qozondi. O‘tgan yilgi xuddi shu turnirning oxirgi turida Nodirbek aynan Van Forestga mag‘lub bo‘lgandi va Anish Giri chempionlikni ilib ketgandi. 

Bu yilgi bahslarda har ikki shaxmatchidan ham revansh oldi. 9-turdan keyin peshqadam 4 nafar shaxmatchi hisobida 5,5 ochko bor.

Ma’lumot uchun, bugun, 24 yanvar kuni 10-turda Nodirbek Abdusattorov yana bir mezbon grossmeyster Maks Varmerdam bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing