Abdusattorov xalqaro turnirda peshqadamlik qilmoqda

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda. Dunyoning nomdor 10 nafar shaxmatchisi qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurashyapti.

Bahslarning ikkinchi kuni ortda qoldi. Nodirbek ikkinchi kunda uch partiyada bitta g‘alaba va ikki durang qayd etdi. 4-turda mezbonlar vakili Abdulla Gadimbayli bilan murosa yo‘lini tanlagan Abdusattorov, 5-turda xitoylik Vang Xaoga qarshi partiyada ham durangga imzo chekdi. 6-turda esa Abdusattorov AQSH vakili Sem Sheklenddan ustun keldi. Olti turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan O‘zbekiston vakili turnirda peshqadam bo‘lib turibdi. Abdusattorovning yaqin ta’qibchilari Rauf Mamedov va Vang Xao mos ravishda 9 va 8 ochko to‘plagan.

Ma’lumot uchun, Magnus Karlsen Vugar Gashimov xotira turnirida eng ko‘p g‘olib chiqqan shaxmatchi hisoblanadi. Norvegiyalik grossmeyster faoliyati davomida to‘rt marta nufuzli musobaqada zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing