Abdusattorov xalqaro turnirda mutlaq yetakchiga aylanib oldi

Sport

image

Niderlandiyada o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2024” turnirining 11-tur o‘yinlari yakunlandi. Mazkur turda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov xitoylik Ju Venjunga qarshi dona surib, g‘alabaga erishdi.

Shunday qilib, Abdusattorov 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib  yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Abdusattorovning eng yaqin ta’qibchisi hindistolik Gukesh Domarju hisobida 7 ochko mavjud. 

Keyingi turlarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Vidit Santosh va Aleksandr Donchenko bilan bahs olib boradi. Bugun, 27 yanvar kuni Abdusattorov Santoshga qarshi dona sursa, 28 yanvar kuni oxirgi turda Donchenko bilan hisob-kitob qilib oladi.

Qayd etish joiz, 19 yoshli Abdusattorov “Tata Steel Chess” turnirining amaldagi vitse-chempioni hisoblanadi. O‘tgan yilgi bahslarda mezbon shaxmatchi Anish Giri g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing