Abdusattorov xalqaro turnirda qanday ishtirok etdi?

Sport

image

Hindiston mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel India” xalqaro turnirining rapid bahslari yakunlandi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov so‘nggi uchta tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Uch tur davomida Nodirbek amerikalik Uesli Soni mag‘lub etib, Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon) va Param Magsodlu (Eron) bilan partiyalarda durang qayd etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra,  Abdusattorov 4,5 ochko jamg‘arib, turnirda 7-o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, 3-o‘rinni egallagan mezbon sportchi Santosh Vidit ham 4,5 ochko to‘plagan, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Vidit Abdusattorovdan tashqari yana 3 nafar sportchini ortda qoldirdi. 

Ertaga, 3 dekabr kuni musobaqaning blits bahslariga start beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing