Abdusattorov xalqaro turnir finaliga chiqdi

Sport

image

Ayni kunlarda shaxmat bo‘yicha “Chessable Masters” xalqaro turniri bahslari davom etmoqda. Onlayn musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Abusattorov turnirning yarim finalida rossiyalik Denis Lazavikka qarshi o‘yin o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi endi musobaqa g‘olibligi uchun fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagravega qarshi dona suradi.

Turnir davomida Nodirbek bir qator mashhur shaxmatchilar bilan kuch sinashib, ularni mag‘lubiyatga uchratdi. Jumladan, turnirning 1-kunida hindistonlik Vidit Gujratini 2:0, niderlandiyalik Anish Girini 2,5:0,5, hindistonlik Arjun Erigaisini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Toshkent shahrida o‘tkazilgan 1-xalqaro “Rustam Qosimjonov turniri”da ishtirok etgandi. Musobaqani dastlabki kunini ishonchli tarzda boshlagan Abdusattorovga 2-kunda omad kulib boqmagandi va natija u turnirni 5-o‘rinda tugatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov “Chessable Masters” xalqaro turniri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing