Abdusattorov 2024 yilda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2024 yilgi musobaqalarda 132 981 dollar mukofot puliga ega chiqdi. Bu haqda “Chess.com” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mamlakatning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov o‘tgan yili 12 ta yirik musobaqada ishtirok etgan. Mazkur jadvalda Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju peshqadamlik qilmoqda. U 2024 yilda 1,5 million dollardan ortiq mukofot puliga ega chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 2768 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallab turgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing