Abdusattorov 2024 yilda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11 yanvar 2025 18334 1 daqiqa
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2024 yilgi musobaqalarda 132 981 dollar mukofot puliga ega chiqdi. Bu haqda “Chess.com” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mamlakatning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov o‘tgan yili 12 ta yirik musobaqada ishtirok etgan. Mazkur jadvalda Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju peshqadamlik qilmoqda. U 2024 yilda 1,5 million dollardan ortiq mukofot puliga ega chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 2768 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallab turgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28