Abdusattarovsiz O‘zbekiston Jahon chempionatiga jo‘nab ketdi

Sport

image

Joriy yilning 9-26 noyabr kunlari Isroilda shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nig‘matov va Abdimalik Abdisalimovdan iborat O‘zbekiston jamoasi Isroilga jo‘nab ketdi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik nomdor shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov boshqa turnirda ishtirok etishi sababli Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. 

Chempionatda jami 12 ta jamoa ikki guruhga bo‘linib, bahslarga kirishishadi. Xitoy, Fransiya, Niderlandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya, Ukraina, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Hindiston, Isroil, AQSH va Polsha shaxmatchilari jahon toji uchun kurash olib borishadi.

Ma’lumot uchun, chempionat davra tizimida o‘tkazilib, jamoalar 5 davrada o‘zaro kuch sinashishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing