Abdusalom Azizov futbol haqida: “O‘zgartishlarni to‘xtatamiz”

Sport

image

Davlat xavfsizlik xizmati raisi hamda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov bugun, 23 iyul kuni o‘zbek futboliga oid ma’sullar bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. O‘FA prezidenti milliy chempionatda tartib intizomni kuchaytirish zarurligini aytib o‘tdi.

“Xozirda jamoalarda murabbiy va futbolchilar shartnomalari borasida noaniqliklar uchrab turishidan xabarim bor. Qisqa muddatli shartnomalar o‘rnini ikki tomonning majburiyatlari to‘liq aks etgan professional shartnomalar egallashi kerak. 

Shunda murabbiylar ham ma’lum muddat o‘z jamoasi bilan ishlab, uni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Futbolchilar ham bir yil o‘tar-o‘tmasdan o‘ziga boshqa klub qidirishga tushmaydi.

Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz. Keyingi mavsumda ham jamoalar soni shunchaligicha qoladi va Superligaga chiqadigan jamoa sport prinsiplari asosda kurashib yullanmaga ega chiqsin. 

Turli aralashuvlar orqali jamoalarni yuqori ligalarga olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

Shuningdek, yig‘ilishda marxum “Paxtakor-79” jamoasi a’zolariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

“Bu yil “Paxtakor-79” aviahalokatiga 40 yil to‘lmoqda. Bu nafaqat “Paxtakor” klubi, balki butun o‘zbek futboli uchun katta fojiadir. Biz hech qachon futbolimizning faxri bo‘lmish ushbu jamoani unutmasligimiz va hamma vaqt ularning xotirasini yod etishimiz zarurdir. 

Shuning uchun ham O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu sana munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi, mazkur sana arafasida bo‘ladigan Superliga uchrashuvlarida o‘tganlar xotirasiga xurmat bajo keltirishi, jamoa a’zolarining yaqinlariga e’tibor qaratishi zarur”, deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

Eslatib o‘tamiz, Abdusalom Azizov 15 iyul kuni Ochilboy Ramatov egallab turgan O‘FA prezidenti lavozimida ishga kirishdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abdusalom Azizov O'FA

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing