Abdurahmonovning jangi rasman tasdiqlandi
Sport
−
22 may 2023
5253Olti yillik tanaffusdan so‘ng, o‘zbekistonlik erkin kurashchi, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov MMA'da jang o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda “CombatFC.tv” xabar berdi.
Aksariyat sport ixlosmandlari Abdurahmonovni erkin kurashchi sifatida yaxshi taniydi, biroq u 2012-2017 yillarda aralash yakkakurash bilan professional tarzda shug‘ullangan.
Abdurahmonov 16 iyun kuni AQSHning Massachusetts shtati Uilmington shahrida tashkil etiladigan Combat FC 4 turnirida ishtirok etadi. O‘zbekistonlik sportchiga qarshi braziliyalik Derik de Freytas oktagonga chiqadi.
Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar Abdurahmonov MMA'da jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida zafar quchgan. U 2017 yilan buyon erkin kurash sport turida faoliyat yuritib kelayotgandi. Abdurahmonovning 32 yoshli raqibi Freytas esa MMA'da 12 ta jang o‘tkazib, 7 ta bahsda g‘alaba qozongan, 5 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi