Abdurahmonov atrofida kim yurganini sezmaydimi? – Prezident korrupsiyaga qarshi kurash sustligini tanqid qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 aprel kuni xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektorda korrupsiyaga qarshi kurash sust ketayotganini aytib, mutasaddilarni tanqid qildi. Davlat rahbari so‘zi davomid Andijon va Samarqanddagi holatlarni eslat o‘tdi.

“Ko‘p joylarda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, yo‘l, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim sohasida tushunmagan rahbarlar juda katta korrupsiyaga berilib ketgan. Peshona terimiz bilan mana shunday og‘ir, shiddatli zamonda, tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish, bir so‘m pulni topib xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta harakatlar qilyapmiz.

Endi qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi.

Xalqimizning oldida uzr so‘rab, oxirgi marta sizlarni ogohlantirmoqchiman.

Quyi bo‘g‘inlarda qancha korrupsiya holatlari bor. Mana Samarqand viloyati hokimi gapirib bersin... Maktabgacha ta’limda, tibbiyotda qancha poraxo‘rlar borligini.

Mana, Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar olgan, 30 ming olgan. Nima, [Shuhrat] Abdurahmonov, xizmatning rahbari bilmaydimi? Prokuror bilmaydimi? Abdurahmonov atrofida kim yurganligini sezmaydimi?

Bitta odamni norozi qilib, 5 dollar olgan bo‘lsa ham, prezident siyosatiga xiyonat deyiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar ushlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing