Abdulla Aripov Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Hukumat rahbarining Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning navbatdagi 2-yig‘ilishini o‘tkazish o‘rin olgan.

Hukumat rahbarlari uchrashuvining asosiy mavzularidan biri oliy darajadagi O‘zbekiston-Rossiya muzokaralariga tayyorgarliklarni muhokama qilish bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yilda amalga oshirilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli, tashrif qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing