Aripov Moskvada Medvedev bilan uchrashadi. U “O‘zbekiston” pavilonini ochib beradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvaga boradi. U joriy yilning 10 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda RF hukumat portalida xabar berildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. 30 may kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kunning ikkinchi yarmida Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Maksim Akimov bilan birga Moskva viloyatidagi Mintaqaviy boshqaruv markazi, Federal soliq xizmati, shuningdek, Rossiyaning Mail.ru Group IT-xoldingi ofisiga boradi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Bosh vaziri va Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) hududida “O‘zbekiston” pavilonini ochib beradi.

Avvalroq, Moskvadagi VDNX ko‘rgazmasi pavilonlardan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun berilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing