Abdulla Aripov Minskda MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni Minsk shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Hukumat rahbari Matbuot xizmatiga ko‘ra, yig‘ilishni Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko boshqargan. Delegatsiyalar rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.

Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha jami 11 hujjat imzolangan. 

Jumladan:

  • Yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;
  • MDH mamlakatlari hududlarini sanitariya muhofazasi va Hamdo‘stlik aholisini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
  • Soxta savdo belgilari va geografik ko‘rsatkichlardan foydalanishning oldini olish, geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan zondlash sohasidagi hamkorlikni tartibga solish;
  • MDHga a’zo davlatlarda davlat moddiy rezervlarini boshqaradigan davlat (ijro etuvchi) organlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi hamkorligi konsepsiyasi va uni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari rejasi;
  • Qurolli kuchlar ofitserlarini tezkor-strategik tayyorlash sohasida asosiy tashkilot to‘g‘risidagi qarorlar.

Shuningdek, Majlisda MDH Ijroiya qo‘mitasi — ijrochi kotibiga o‘rinbosarlar tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan Ilhom Ne’matov ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Ilhom Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi. MDH Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning noyabr oyida Bishkek shahri (Qirg‘iziston)da o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 may kuni Abdulla Aripov Minskda Lukashenko bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Aripov

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing