Abdulla Aripov Minskda Lukashenko bilan uchrashdi
Jamiyat
−
28 may 2021
6499Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Minsk shahriga tashrif buyurdi.
Dastlab, delegatsiyalar rahbarlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi.
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda mazkur formatdagi muloqot muhim ahamiyatga egaligi takidlandi.
Shundan so‘ng, delegatsiyalar rahbarlari Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi.
LiveBarchasi