Abdulla Aripov Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
02 iyun 2021
4567Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda To‘qayev ikki tomonlama aloqalarning dolzarb muammolarga qaramay, barqarorlikni saqlab qolayotgan hozirgi holatiga yuqori baho bergan. Uning ta’kidicha, bunga yuqori darajadagi faol muloqot, hukumat darajasidagi yaqin aloqalar, shuningdek tomonlarning mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash istagi yordam bergan.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik mening O‘zbekistonga tashrifim davomida hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ravishda nihoyatda muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda. Biz birodar qo‘shni O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz, buni Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning juda muhim omili deb bilamiz. O‘zaro aloqalarimizni xilma-xil va eng muhimi, mazmunli qiladigan qator qo‘shma loyihalar mavjudligini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman”, degan To‘qayev.
Abdulla Aripov samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Prezidentining salomi va iliq tilaklarini yetkazgan.
“Shavkat Miromonovich va siz, Qosim-Jomart Kemelevich o‘rtasidagi doimiy hamda ishonchli aloqalar tufaydi ko‘p qirrali qozoq-o‘zbek hamkorligining ijobiy dinamikasi muvaffaqiyatli shakllanmoqda Sizlar yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydingiz. Mamlakatlarimiz hukumatlari bu marralarni zabt etishga qat’iyan kirishgan”, degan Aripov.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hukumatlar ish sur’atini pasaytirmasligi kerak, keyingi davrda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanish muhim.
LiveBarchasi