Abdulla Aripov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2020
2900Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘iz Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
LiveBarchasi