Abdulla Aripov Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat

892

Bugun, 15 avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Qirg‘izistonga bordi. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi.

Suhbat avvalida Abdulla Aripov Qirg‘iziston rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

O‘z navbatida, Sadir Japarov O‘zbekiston yetakchisini va butun xalqini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklagan.
Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo‘jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi davom etmoqda. 15-16 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10 yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Issiqko‘l xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vazirini Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bakit To‘roboyev kutib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Abdulla Aripov Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing