Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vazirini tabrikladi
Jamiyat
−
20 iyun 2020
5057Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat boshida O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi sur’atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suhbat chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi marta uchrashuvi 2019 yil avgust oyida Bishkekda o‘tkazilgan.
Avvalroq,O‘zbekiston Bosh vaziri tomonidan Kubatbek Boronov nomiga Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborilgan edi.
LiveBarchasi