Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vaziri bilan koronavirus masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
23 mart 2020
4381O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi raisi Abdulla Aripov 22 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammedqali Abilgaziyev bilan telefon orqali suhbatlashib, koronavirus masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumat xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, respublikadagi koronavirus infeksiyasi holati va uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga mos keladigan dolzarb masalalar bo‘yicha tezkor ma’lumot almashishni amalga oshirishga kelishib olganlar. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga import qilinuvchi oziq-ovqat va boshqa tovarlarni yetkazib berish odatdagidek to‘siqlarsiz amalga oshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda 22 martdan 12 aprelga qadar bir oylik favqulodda holat e’lon qilindi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 14 kishini tashkil etmoqda.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 45 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi