Abdulla Aripov anomal sovuqda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha majlis o‘tkazmoqda

Jamiyat

image

Ayni paytda Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida mamlakatimizda davom etayotgan anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Bosh vazir Axborot xizmati ma’lum qildi.

Majlisda Abdulla Aripov tomonidan bir qancha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berilgan.

Masalan, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991 yilgacha qurilgani ma’lum qilinib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu 31 mingta uylarning fasad qismini renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

“Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi. Bu borada energiyatejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratishimiz kerakligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda jami 13,2 ming tonna bazalt xom ashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yillik ehtiyoj (5 mln m kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmasligini isbotlaydi.

Shu bois Bosh vazir tomonidan O‘zsanoatqurilishbank (Annaklichev) “O‘zsanoqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylarda bazalt xom-ashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “O‘zeltexsanot” uyushmasiga ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov anomal sovuq ko'p qavatli uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing