Abdulla Abdullaga suiqasd 27 kishining yostig‘ini quritdi
Olam
−
06 mart 2020
11153Avvalroq, Bugun, 6 mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi vitse-prezidenti Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar bergan edik.
Hujum mamlakat poytaxti Kobul shahridagi marosim payti sodir etilgan.
Afg‘oniston IIV vakili Nasrat Rahimiyning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi esa jarohatlandi.
“Hujum qilingan uch binoning ikkitasi tozalandi”, deydi IIV vakili.
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bu hujumni "insoniyatga va Afg‘oniston milliy birligiga qarshi jinoyat" deb atadi.
Ta’kidlash lozimki, bu AQSH va toliblar o‘rtasida imzolangan Doha tinchlik sulhidan keyin poytaxtga qilingan birinchi yirik hujum bo‘ldi.
LiveBarchasi