O‘zbekistonda inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq 62 mingdan ortiq holat aniqlandi

Jamiyat

photo_2019-12-03_13-28-32

O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyi  davomida inson huquqlari borasida 62 050 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, mazkur vaqt davomida 13 700 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Murojaatlari ko‘rib chiqishda aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha davlat organlari va idoralarga 271 ta taqdimnoma kiritilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlangan. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 544 ta 286 mlrd so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan. 66 nafar mansabdor shaxsga nisabatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli qaror qabul qilish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan. Davlat organlari va tashkilotlarining 32 ta hujjatlari bekor qilinib, fuqarolarga yetkazilgan 6,8 mlrd so‘mlik zarar sudgacha undirib berilgan.

Kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati tuman (shahar) hokimliklari tomonidan fuqarolarning mulk huquqi buzilayotganligi, ish beruvchilar mehnat qonunchiligiga rioya etilmayotganligi, sudlarning qabul qilgan qarorlaridan yoki ularning ijrosi o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlanmayotganligi yuzasidan ekanligi ma’lum qilingan.

"Adliya organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Bu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida 298 ta respublika, viloyat va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida o‘rganishlar o‘tkazildi. Mazkur o‘rganishlar davomida 62 050 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha 478 ta taqdimnoma kiritildi va 15 mlrd so‘mlik pul mablag‘larining fuqarolarga qaytarib berilishi ta’minlandi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

inson huquqlari

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing