Abdulaziz Komilov Turkmanistonga ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmanistonga boradi. Bu haq TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi ertaga, 16 avgust kuni ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari rahbarlari darajasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham Turkmanistonga tashrif buyurib, Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etgan edi. 

Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Bosh vazir Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing