Abdulaziz Komilov Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov so‘nggi bir necha haftada ko‘plab davlatlarda bo‘ldi. Dastlab Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonga borib, ushbu davlatlar rahbarlari bilan uchrashdi. Keyinroq Afg‘oniston, Hindiston va Qirg‘izistonga safar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing