Abdulaziz Komilov OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etadi
Jamiyat
−
09 iyul 2019 4152 1 daqiqa
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga borishi kutilmoqda. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 9-12 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘ladi va London shahrida OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra Buyuk Britaniya rasmiy shaxslari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust