Abdulaziz Komilov Moskvaga boradi
Jamiyat
−
03 aprel 2019
4545O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga boradi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya poytaxtida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi kun tartibidan 10 ta masala joy olgan. Xususan, uchrashuv ishtirokchilari Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining bayonoti loyihasini tasdiqlashi kutilyapti.
Shuningdek, vazirlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.