Abdulaziz Komilov Lavrov bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

Rossiya tomonining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi. Komilov va Blinken o‘rtasidagi muhokama mavzusi ham Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ldi. Shundan so‘ng, Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ham, asosan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Toshkent shahriga siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajali muloqotida ishtirok etish uchun kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Keyinchalik, Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod bilan muzokaralar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing