Abdulaziz Komilov betobligi uchun xorijda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanmoqda. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar olgan.

“Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, A.Kamilovning salomatligini yanada chuqurrok tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda Vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda”, deydi Qobuljonov.

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 1947 yilda tug‘ilgan. Hozirda u 74 yoshda. U 2012 yildan beri Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing