Abdulaziz Komilov AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Daniel Rozenblyumni qabul qildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni iliq qutladi va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tilagan.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-AQSH munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilingan.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlangan. 

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

1

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing