Abduqodir yaxshi yigitga o‘xshaydi – Yoshko Gvardiol
Sport
−
29 yanvar
10634“Manchester Siti”ning xorvatiyalik futbolchisi Yoshko Gvardiol bugun, 29 yanvar kuni o‘tkaziladigan Yevropa Chempionlar ligasi 8-turi doirasidagi “Bryugge”ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘zbekistonlik jamoadoshi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
“Abduqodir yaxshi yigitga o‘xshaydi. O‘tgan o‘yinda yomon o‘ynamadi. Angliya chempionatida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda debyut qilish oson emas. U hali yosh, biz unga har qanday yordamga tayyormiz. Abduqodir men yoki boshqa tajribali o‘yinchilardan yordam olishi mumkin, uni doim qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Gvardiol.
Qayd etish joiz, APL 23-turi doirasida 20 yoshli Husanov “Chelsi”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib, 52-daqiqada zaxiraga olindi. U o‘yin boshidagi xatolari bilan muxlislar yodida qoldi, biroq bir qancha epizodlar ishonchli harakatlari bilan ham ajralib turdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Man Siti”ning yana bir himoyachisi Manuel Akanji Husanovni Chelsiga qarshi o‘yin davomida ruhlantirib turganini aytgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

