Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogar bo‘ldi
Sport
−
08 iyun
11012O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Golden Boy” mukofotiga da’vogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “Tuttosport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli Husanov TOP-100 ro‘yxatning 87-pog‘onasidan o‘rin olgan.
Qayd etish joiz, mazkur sovrin 2003 yilda joriy etilgan bo‘lib, mukofot har yili 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda “Lans” tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 2,5 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi