Abduqodir Husanov yanvar oyidayoq APLga ko‘chib o‘tishi mumkin
Sport
−
03 yanvar 18050 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasidayoq “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar”ning yanvar oyi uchun tuzgan rejasiga kiritilgan. Bir qancha top-klublar 20 yoshli futbolchiga qiziqmoqda, sababi u dunyoning eng iste’dodli markaziy himoyachilaridan biri deya baholanyapti. Hozirda “Manchester Siti” vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shuningdek, klub muxlislari ham o‘zbekistonlik himoyachi haqida iliq fikrda.
“Abduqodir katta himoyachi, u menga Vidich, Maldini va Pepeni eslatadi. Husanov himoyaning har qanday qismida bemalol o‘ynay oladi”, deydi “Manchester Siti” muxlisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov Fransiya chempionatining ramziy jamoasiga kiritilgani xabar qilingandi.