Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
29 Oktabr
7983Bugun, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Osiyo qit’asi bo‘yicha futbol olami vakillarining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Fayzullayevdan tashqari yana ikki futbolchi yaponiyalik Gaku Navata va janubiy koreyalik Bae Jun-ho sovringa da’vogarlik qildi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. 21 yoshli futbolchi shu vaqtga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.