Abe hozirgi sharoitda Olimpiadani o‘tkazishning iloji yo‘qligini aytdi
Sport
−
23 mart 2020
4164Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Olimpiya o‘yinlarini Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan muhokama qilishga umid qilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi holat dastlabki rejaga muvofiq Tokioda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bu munosabatini parlamentdagi chiqishida aytdi
"Menimcha, dunyodagi vaziyat Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga imkon bermaydi", dedi u.
Abe Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan o‘yinlarni qayta muhokama qilishga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada va Avstraliya sportchilarini joriy yilning yozida Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yubormaslikka qaror qilgani haqida xabar bergan edik.